Skip to content

Ovozli agentlar ​

Agent qo‘ng‘iroqlarga javob beradi va o‘zi qo‘ng‘iroq qiladi: suhbatdoshni eshitadi, o‘ylaydi va platforma ovozlaridan birida o‘zbekcha gapiradi. Agent biznesingiz haqida biladigan hamma narsa bitta matnda, uning ko‘rsatmasida yozilgan.

Canary

Ovozli agentlar taklif bo‘yicha ochiq. Loyihangizda «Ovozli agentlar» bo‘limi bo‘lmasa, bizga yozing.

Nimadan boshlash kerak ​

  1. Agentni tasvirlang. Kabinet, loyiha, «Ovozli agentlar»: nom, ko‘rsatma, ovoz. Quyida ko‘rsatmani qanday yozish va bu ishni kod yozadigan AI-yordamchingizga qanday topshirish aytilgan.
  2. Qo‘ng‘iroq bilan tekshiring. Shu sahifadagi go‘shak tugmasi: suhbat mikrofoningiz orqali o‘tadi, ikki tomonning matni ekranda ko‘rinadi. Bir daqiqaning narxi tugma yonida ko‘rsatilgan.
  3. Raqamni ulang. O‘sha yerda: aloqa operatoringiz bergan SIP-server manzili, login va parol. Shundan keyin agent raqamga kelgan qo‘ng‘iroqlarga javob beradi va shu raqamdan qo‘ng‘iroq qila oladi.
  4. O‘z tizimingizdan qo‘ng‘iroq qiling. Loyiha tokeni bilan POST /v1/voice/calls: agent telefonga qo‘ng‘iroq qiladi yoki suhbatdoshni xonada kutadi.

Ko‘rsatmani qanday yozish kerak ​

Ko‘rsatma agentga qaratilgan oddiy matn, 8000 belgigacha. Uni mijozlaringiz gapiradigan tilda yozing. Ko‘rsatmada yo‘q narsani agent bilmaydi: narxlarni ham, manzilni ham, nimadir qilmasligingizni ham.

U nimalardan iborat ​

QismNima yoziladi
Agent kimIsm, vazifa, kompaniya nomi odamlar aytadigan shaklda, manzil, ish vaqti
Vaziyat va maqsadKim kimga va nima uchun qo‘ng‘iroq qilyapti. Suhbat nima bilan tugashi kerak: aniq vaqtga yozilish, buyurtma, kelishilgan qayta qo‘ng‘iroq
Ma’lumotlarXizmat va mahsulotlar narxi bilan, muddatlar, to‘lov shartlari, aksiyalar tugash sanasi bilan. Alohida: sizda yo‘q narsa, agar ko‘p so‘rashsa
Agent bilmaydigan narsaBitta gap: ro‘yxatda yo‘q narsani o‘ylab topmasin, aniqlab qayta qo‘ng‘iroq qilishini aytsin
QoidalarHar biri suhbatning bir lahzasini va o‘shanda nima deyish yoki qilishni aytadi
UslubJavobda bir-ikki gap, bir vaqtda bitta savol, qaysi tilda javob berish
YakunIkki aniq vaqtni taklif qilish, kelishuvni takrorlash, xayrlashish
AI haqidaTo‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rashsa, agent kompaniyaning AI-yordamchisi ekanini aytadi

Agent ushlab turadigan qoidalar ​

Agent qoidani suhbatdoshning oxirgi gapi bilan solishtira olsa, uni bajaradi. Lahzaga bog‘lanmagan fe’l-atvor belgisi bir necha javobdan keyin yo‘qoladi.

Yomonroq ishlaydiYaxshiroq ishlaydi
«Narx bo‘yicha e’tirozni ishonarli hal qil»«Mijoz boshqa joyda arzonroq desa, darhol chegirma taklif qilma: avval nima bilan solishtirayotganini so‘ra»
«Xushmuomala va g‘amxo‘r bo‘l»«Mijoz shikoyat qilsa, bir gap bilan uzr so‘ra, ismi va raqamini yozib ol va bir soat ichida qayta qo‘ng‘iroq qilishlarini ayt»
«Aksiyani ikki marta eslat»«Aksiyani narxni aytgandan keyin va xayrlashishdan oldin yana bir marta ayt»
«Ortiqcha gapirma»«Tashxis qo‘yma va dori tavsiya qilma: „Buni shifokor ko‘rikda aytadi“ de»

Yozishning yana uch qoidasi:

  • Bitta ma’lumot bir marta yoziladi. Narxi har xil ikki gap bitta ham bo‘lmaganidan yomon.
  • Aniq ibora muhim bo‘lsa, uni qo‘shtirnoq ichida bering.
  • Shartni harakatga bog‘lang: «mijoz nima bilan solishtirayotganini aytmaguncha chegirma taklif qilma».

Ovozga nima kerak ​

  • Javobni eshitishadi, o‘qishmaydi: ro‘yxat, havola va faqat ekranda tushunarli narsalar bo‘lmasin.
  • Agent bitta savol beradi va javobni kutadi.
  • Birinchi gap eng muhimi: kim va nima uchun qo‘ng‘iroq qilayotgani bitta gapda.
  • Kompaniya, mahsulot nomlari va ismlarni «Aniq eshitilishi kerak bo‘lgan so‘zlar» maydoniga ham yozing: nutqni tanish aynan ularni kutadi.

Namuna ​

Stomatologiya klinikasining qabulxonasi. Kabinetdagi «Andoza» tugmalari uni va yana uchtasini qo‘yadi: ariza bo‘yicha qo‘ng‘iroq, qabulni eslatish, fikr-mulohaza yig‘ish; sakkizta ssenariyning hammasi agent-templates.md da. Andozada ikki qism o‘zgartiriladi: birinchi abzas (agent kim) va «Ma'lumotlar» ro‘yxati (u ayta oladigan faktlar). Qolgani, suhbat tartibi, e’tirozlarga javoblar va qoidalar, biznesga bog‘lanmagan va o‘zgartirishsiz ishlaydi. Model javobining shakli va qo‘ng‘iroqni qanday tugatishi ko‘rsatmaga platforma tomonidan qo‘shiladi.

Siz Malikasiz, «Namuna» stomatologiya klinikasining qabulxona operatorisiz. Manzil: Toshkent, Chilonzor tumani,
Bunyodkor ko'chasi, 12-uy. Ish vaqti: dushanbadan shanbagacha 9:00 dan 19:00 gacha, yakshanba dam olish kuni.

Ma'lumotlar:
- Birinchi ko'rik va maslahat: 100 000 so'm, 30 daqiqa.
- Tish oqartirish: 1 200 000 so'm, ikki soat.
- Bo'lib to'lash yo'q, to'lov qabuldan keyin naqd yoki karta orqali.
- Bo'sh vaqtlar: ertaga soat 10:00 yoki soat 15:30, indinga soat 11:00.

Vaziyat: mijoz o'zi qo'ng'iroq qilyapti.
Maqsad: nima kerakligini bilib, savoliga javob berish va aniq kun va soatga yozib qo'yish.

Suhbat bosqichlari:
1. Salom: «Assalomu alaykum, …» deb kompaniya nomi va ismingizni ayting va «Eshitaman» deng.
2. Avval savol: nima kerakligini tushunmasangiz, bitta savol bering. Mijoz aytgan narsani qayta so'ramang.
3. Javob: Ma'lumotlardan faqat so'ralganini ayting. Har javobdan keyin «yozib qo'yaymi» deb so'ramang: bu savolni
butun suhbatda bir marta bering.
4. Yozish: mijoz yozilmoqchi bo'lsa yoki savollari tugasa, Ma'lumotlardagi bo'sh vaqtlardan ikkitasini taklif qiling
(«… yoki …, qaysi biri qulay?»). Tanlasa, ismini so'rang, kun, soat va ismni takrorlab, xayrlashing.

E'tirozlar va savollar:
- «Qimmat»: chegirma va'da qilmang: «Nima bilan solishtiryapsiz?» deb so'rang, keyin Ma'lumotlardan bitta afzallikni
  ayting.
- Shikoyat qilsa yoki mutaxassis bilan gaplashmoqchi bo'lsa: bir marta uzr so'rang, ismini so'rang va «Bir soat ichida
  shu raqamingizga qo'ng'iroq qilamiz» deng. Buni bir marta ayting.
- Maslahat yoki tashxis so'rasa: «Buni mutaxassis ko'rib aytadi» deng va yozilishni taklif qiling.
- «O'ylab ko'raman»: «Albatta. Savolingiz bo'lsa, qo'ng'iroq qiling, yozib qo'yamiz» deb xayrlashing.

Qat'iy qoidalar:
- Har javob ko'pi bilan ikki qisqa jumla va bitta savol.
- Ma'lumotlarda yo'q narsani (narx, sana, xizmat, kafolat) to'qimang: «Buni aniqlab, sizga xabar beramiz» deng.
- Telefon raqamini so'ramang: mijozning raqami bizda bor.
- Robotmisiz deb so'rasa: «Ha, men kompaniyaning sun'iy intellekt yordamchisiman, savolingizga hozirning o'zida javob
  beraman» deng va suhbatni davom ettiring.
- Bitta savolni ikki martadan ortiq bermang: aniq javob olmasangiz, «Savolingiz bo'lsa, yana qo'ng'iroq qiling» deb
  xayrlashing.
- Mijoz xayrlashsa, faqat xayrlashing.

Qanday yaxshilash kerak ​

Agentga qo‘ng‘iroq qiling va haqiqiy mijozlar aytadigan gaplarni ayting, noqulaylarini ham: «qimmat», «keyinroq qo‘ng‘iroq qiling», «siz kimsiz?», sizda yo‘q xizmat haqidagi savol. Keyin ko‘rsatmaga qo‘shimcha yozmang, uni tuzating:

Nima bo‘ldiNimani tuzatish kerak
Agent noto‘g‘ri gap aytdiMa’lumot yo‘q yoki ikki xil yozilgan. Uni ma’lumotlar ro‘yxatida bir marta qoldiring
Agent qoidani bajarmadiQoidani qayta yozing: lahza va so‘zlar
Agent juda uzoq gapiradiUslubga «bir-ikki gap» deb yozing, ma’lumotlardan tushuntirishlarni olib tashlang
Agent nomni eshitmadiUni «Aniq eshitilishi kerak bo‘lgan so‘zlar»ga qo‘shing
Agent gapni bo‘ladi yoki uzoq jim turadiKo‘rsatmani emas, «Sabr»ni o‘zgartiring

Ko‘rsatma yonidagi sozlamalar ​

KabinetdaAPI’daNima qiladi
Ovozvoicecharos (Charos, ayol ovozi) yoki sarvar (Sarvar, erkak ovozi). Ikkalasi ham operator sifatida, neytral ohangda gapiradi: kayfiyat so‘zlarda bo‘ladi
ModelmodelAgent o‘ylaydigan til modeli
Kim birinchi gapiradifirst_speakeragent: agent o‘zi salomlashadi. caller: suhbatdoshni kutadi
So‘zlashuv nutqispeechconversational: Toshkent talaffuzi. literary: rasmiy nutq
Gapni bo‘lish mumkininterruptionsSuhbatdosh gapira boshlasa, agent jim bo‘ladi
SabrpatienceAgent suhbatdosh gapini tugatganiga ishonch hosil qilish uchun qancha kutadi: 0,5 dan 2 gacha, odatda 1
Necha soniyadan so‘ng eslatadisilence_secondsShuncha soniya jimlikdan keyin agent yana gapiradi; 0 o‘chiradi
Aniq eshitilishi kerak bo‘lgan so‘zlarvocabularyNutqni tanish uchun nom va ismlar, 20 tagacha. Ularga loyiha lug‘ati qo‘shiladi: yozuvlaringiz shu lug‘at bilan matnga aylantiriladi
Suhbat chegarasimax_duration_secondsShuncha soniyadan keyin qo‘ng‘iroq tugaydi

Sozlashni kod yozadigan AI-yordamchiga topshirish ​

Claude Code, Cursor, Codex yoki shunga o‘xshash yordamchi bilan ishlasangiz, u hammasini o‘zi qila oladi: repozitoriy va saytingizda biznes haqida nima yozilganini o‘rganadi, yetishmaydigan savollarni sizdan so‘raydi, shu sahifadagi qoidalar bo‘yicha ko‘rsatma yozadi va agentni API orqali yaratadi.

  1. Kabinetdagi agent sahifasida «Sozlashni kod yozadigan AI-yordamchiga topshirish» kartasidagi «Topshiriqni nusxalash» tugmasini bosing. Topshiriqda API manzili va loyiha tokeni yozilgan; token hali bo‘lmasa, kabinet uni yaratadi.
  2. Topshiriqni yordamchiga bering. U shunday ko‘rinadi:
https://console.gapi.uz/docs/agent-setup.md sahifasini o‘qi va biznesim uchun Gapi ovozli agentini sozla.
API manzili: https://console.gapi.uz. Loyiha tokeni: gapi_ab12cd34_…
Avval shu repozitoriyda biznes haqida nima borligini o‘rgan, keyin yetishmaydigan savollarni mendan so‘ra.

Topshiriqdagi token loyihaga kirish huquqini beradi. Topshiriq noto‘g‘ri joyga tushgan bo‘lsa, tokenni «Tokenlar» sahifasida bekor qiling.

  1. Yordamchi agentni yaratishdan oldin ko‘rsatmani sizga ko‘rsatadi. Narxlar va va’dalarni tekshiring.
  2. Kabinetdan agentga qo‘ng‘iroq qiling va nima noto‘g‘ri bo‘lganini yordamchiga ayting: u ko‘rsatmani tuzatadi.

Qo‘ng‘iroq yozuvlaringiz bo‘lsa, yordamchiga ayting: haqiqiy suhbatlardan u mijozlar nima so‘rashini, qanday e’tirozlar bo‘lishini va eng yaxshi operatorlaringiz qanday javob berishini ko‘radi. Matnga aylantirilgan nusxalar bo‘lmasa, u ularni Gapi nutqni tanish xizmati orqali shu token bilan tayyorlaydi; beta davrida balans har kuni to‘rt soatlik audiogacha bepul to‘ldiriladi. Yozuvlarda mijozlaringizning shaxsiy ma’lumotlari bor, shuning uchun yordamchi yuklashdan oldin ruxsat so‘raydi.

Telefon raqamini kabinetda o‘zingiz ulaysiz: aloqa operatori paroli yordamchiga kerak emas.

Yordamchi uchun topshiriq matni ochiq: uni o‘zingiz ham o‘qishingiz mumkin.

Biznes lug‘ati ​

Nutqni tanish oddiy nutqni yaxshi yozadi, lekin uchratmagan nomlarda qoqiladi: kompaniya nomi, brendlar va mahsulotlar, familiyalar, ko‘chalar, o‘zingizning atamalaringiz. Ularni oldindan ayting. Agentning o‘z ro‘yxati bor («Aniq eshitilishi kerak bo‘lgan so‘zlar»), loyihaning ham o‘zi bor (loyiha lug‘ati, yozuvlaringiz shu lug‘at bilan matnga aylantiriladi) va agent ikkalasini ham eshitadi: avval o‘z so‘zlarini, keyin loyihanikini, jami 20 tagacha.

So‘zlarni biznesdan oling: mijoz aytadigan va oddiy so‘z bo‘lmagan narsalar. Har birini matnda qanday ko‘rinishi kerak bo‘lsa, shunday yozing (Namuna, Bunyodkor, amoCRM). Oddiy so‘zlar lug‘atga kerak emas: ular nomlarning o‘rnini egallaydi.

O‘zgaruvchilar ​

Ko‘rsatmada qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqa o‘zgaradigan narsalar uchun joy qoldirish mumkin: , . Har bir o‘zgaruvchi agentda standart qiymati bilan e’lon qilinadi, tizimingiz esa qo‘ng‘iroqni boshlaganda bilganini beradi:

json
{"agent_id": "<agent id>", "to": "+998901234567", "variables": {"client_name": "Ali"}}

Uchta o‘zgaruvchini platforma o‘zi to‘ldiradi, ularni e’lon qilish shart emas: (2026-11-12), (chorshanba) va (15:04) — qo‘ng‘iroq boshlangan payt, Toshkent vaqti bilan. «Ertaga» yozadigan agent bugun qaysi kun ekanini bilishi kerak.

Raqamga kelgan qo‘ng‘iroq faqat standart qiymatlarni oladi, shuning uchun ko‘rsatma ular bilan ham ravon o‘qilishi kerak. O‘zgaruvchilar API orqali sozlanadi (buni AI-yordamchingiz qiladi); kabinetda ular ko‘rinadi va sinov qo‘ng‘irog‘ida ularni to‘ldirish mumkin.

Funksiyalar ​

Funksiya — agent suhbat vaqtida tizimingizda bajara oladigan amal: bo‘sh vaqtni topish, qabulga yozish, buyurtmani tekshirish. Siz funksiyani tasvirlaysiz, model esa uni qachon chaqirishni o‘zi hal qiladi. Shu paytda manzilingizga so‘rov keladi:

POST https://crm.example.uz/gapi/functions
Content-Type: application/json
Authorization: Bearer <shu manzil uchun maxfiy kalitingiz>

{"name": "book_visit", "arguments": {"day": "2026-11-14", "time": "15:30", "name": "Ali"}, "room": "gvp_...", "call": "..."}

2xx holatli javob (JSON yoki matn) modelga natija sifatida boradi va u suhbatni shu bilan davom ettiradi. Xato yoki vaqt tugashi (odatda 8 soniya) modelga {"error": "..."} ko‘rinishida yetadi. Bu vaqtda mijoz liniyada kutadi, shuning uchun tez va qisqa javob bering.

  • Agentda 8 tagacha funksiya; manzil faqat HTTPS.
  • Sarlavha qiymati saqlangandan keyin ko‘rsatilmaydi: API uning o‘rniga *** qaytaradi.
  • room — qo‘ng‘iroq xonasi, POST /v1/voice/calls javobidagi bilan bir xil: manzilingiz shu orqali qaysi qo‘ng‘iroq haqida gap ketayotganini biladi.
  • Agent funksiyani faqat mijoz gapirgandan keyin chaqiradi: salomlashishda va jimlikda chaqirmaydi. Qo‘ng‘iroqdan oldin ma’lum bo‘lgan narsalarni o‘zgaruvchilar orqali bering.
  • Manzilingizga faqat funksiya tavsifida ko‘rsatilgan argumentlar keladi.

Funksiyalar API orqali sozlanadi: manzilni kodingizda yozish, tekshirish va himoyalash kerak, bu esa AI-yordamchingiz ishi. Kabinetda funksiyalar ko‘rinadi, lekin tahrirlanmaydi. Platformada funksiya chaqirish yangi: sinov qo‘ng‘irog‘ida agent funksiyani kerakli joyda chaqirayotganini tekshiring.

Xodimga o‘tkazish ​

Agent telefon suhbatini odamga o‘tkaza oladi. Agent sozlamalarida xodimning raqamini va qachon o‘tkazishni yozing (masalan: «mijoz odam bilan gaplashmoqchi yoki shikoyat qilyapti»). Agent ulayotganini aytadi va suhbatdosh shu raqamga o‘zingizning liniyangiz orqali o‘tkaziladi; agent uchun suhbat shu yerda tugaydi. Xodim javob bermasa, qo‘ng‘iroq agentga qaytadi. Kabinetdagi sinov qo‘ng‘irog‘ini o‘tkazib bo‘lmaydi: ulangan raqamga qo‘ng‘iroq kerak.

Birinchi qo‘ng‘iroqlardan keyin sozlash ​

Birinchi haqiqiy qo‘ng‘iroqdan oldin tanlangan sozlamalar — taxmin. 5–10 qo‘ng‘iroqdan keyin ularni bir marta qayta ko‘rib chiqish kerak: kabinetda buning uchun yordamchiga ikkinchi topshiriq bor, «Agentni sozlash». Yordamchi nima noto‘g‘ri bo‘lganini so‘raydi, qo‘ng‘iroqlar qanday tugaganini va agent funksiyalaringizdan nima so‘raganini ko‘radi, sozlamalar, lug‘at va ko‘rsatmani tuzatadi. Odatda nima o‘zgartiriladi:

Qo‘ng‘iroqlarda nima ko‘rinadiNimani o‘zgartirish kerak
Bir necha soniyalik qo‘ng‘iroqlar ko‘pBirinchi gap: kim va nima uchun qo‘ng‘iroq qilyapti; kim birinchi gapiradi
Agent gapni bo‘ladi yoki pauzalarga javob beradi«Sabr»ni oshirish
Har javobdan oldin uzoq jimlik«Sabr»ni kamaytirish, funksiyalar javobini tezlashtirish
Agent nomni eshitmadiUni lug‘atga qo‘shish
Qo‘ng‘iroqlar vaqt chegarasiga yetadiSuhbat yakunini qayta yozish

API ​

Barcha so‘rovlar Authorization: Bearer <loyiha tokeni> sarlavhasi bilan yuboriladi.

So‘rovNima qiladi
GET /v1/voice/optionsOvozlar, modellar va chegaralar: ko‘rsatma uzunligi, so‘zlar soni, qo‘ng‘iroq davomiyligi
GET /v1/voice/agentsLoyiha agentlari
POST /v1/voice/agentsAgent yaratish: name, prompt va sozlamalar
PUT /v1/voice/agents/{id}Agentni to‘liq almashtirish
POST /v1/voice/agents/{id}/promptO‘zgaruvchilar qo‘yilgan ko‘rsatma, model qanday olsa shunday: qo‘ng‘iroqsiz tekshirish
DELETE /v1/voice/agents/{id}Agentni o‘chirish
POST /v1/voice/callsQo‘ng‘iroq ochish: brauzer yoki ilovadagi suhbatdosh uchun {"agent_id"}, telefonga qo‘ng‘iroq uchun {"agent_id", "to"}
GET /v1/voice/callsLoyiha qo‘ng‘iroqlari: holat, davomiylik, tugash sababi
GET /v1/voice/calls/{id}/recordingQo‘ng‘iroq yozuvi (WAV, suhbatdosh va agent ikki kanalda); qo‘ng‘iroq tugagach bir necha soniyada paydo bo‘ladi, qo‘ng‘iroqda "recording": true
GET /v1/voice/calls/{id}/transcriptQo‘ng‘iroq matni replikalar bo‘yicha va u qanday tugagani; qo‘ng‘iroq tugagach bir necha soniyada paydo bo‘ladi, qo‘ng‘iroqda "transcript": true va outcome
DELETE /v1/voice/calls/{id}Qo‘ng‘iroqni tugatish
GET /v1/voice/linesUlangan raqamlar va ularning operatordagi ro‘yxatdan o‘tish holati
bash
curl -X POST https://console.gapi.uz/v1/voice/agents \
  -H "Authorization: Bearer $GAPI_TOKEN" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  --data @agent.json
json
{
  "name": "Klinika qabulxonasi",
  "prompt": "Siz Malikasiz, “Namuna” stomatologiya klinikasining qabulxona operatorisiz. ...",
  "voice": "charos",
  "first_speaker": "agent",
  "vocabulary": ["Namuna", "Bunyodkor"]
}

Telefonga qo‘ng‘iroq loyihada ulangan raqam orqali ketadi va aloqa operatoringizda to‘lanadi:

bash
curl -X POST https://console.gapi.uz/v1/voice/calls \
  -H "Authorization: Bearer $GAPI_TOKEN" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{"agent_id": "<agent id>", "to": "+998901234567"}'

Bunday qo‘ng‘iroqda agent o‘zi telefon qilganini biladi: platforma ko‘rsatma oxiriga shu haqda bir satr qo‘shadi. Nima uchun qo‘ng‘iroq qilayotganini esa siz yozasiz: qabulxona uchun yozilgan ko‘rsatma mijozni qabulxonadek kutib oladi. Agent ham javob bersa, ham o‘zi qo‘ng‘iroq qilsa, ikkita agent qilgan ma’qul.

Loyiha bir vaqtda telefonga ko‘pi bilan uchta qo‘ng‘iroq qiladi; to‘rtinchisi ulardan biri tugamaguncha 429 voice_project_limit javobini oladi.

Ro‘yxat bo‘yicha qo‘ng‘iroq: Gapi Voice Agent Studio ​

Odamlar ro‘yxatiga qo‘ng‘iroq qilish uchun (xariddan keyingi fikr, yangi arizalar, eslatmalar) qo‘ng‘iroqlar navbatini o‘zingiz yozishingiz shart emas. Gapi Voice Agent Studio shu API ustidagi ochiq qobiq bo‘lib, o‘z kompyuteringizda ishlaydi: versiyali agentlar, har qanday qo‘ng‘iroqlar to‘plamidan oldin o‘z telefoningizga sinov qo‘ng‘irog‘i, Excel ro‘yxati ruxsat etilgan soatlarda qismlarga bo‘lib, qayta urinishlar va stop-ro‘yxat bilan aylanib chiqiladi, har bir qo‘ng‘iroqning yozuvi, matni va shakli bitta jadvalda. U Bitrix24 va amoCRM ga ulanadi: voronka bosqichidagi kartochkalar qo‘ng‘iroq ro‘yxatiga aylanadi, har bir qo‘ng‘iroq natijasi esa kartochkaga qayta yoziladi. Unda siz uchun veb-interfeys va kod yordamchingiz uchun MCP-server bor.

bash
git clone https://github.com/Islomov49/gapi-voice-studio && cd gapi-voice-studio
GAPI_TOKEN=gapi_... docker compose up -d

So‘ng http://localhost:8090 ni oching. Ro‘yxatlar va javoblar kompyuteringizda qoladi; qo‘ng‘iroqlar loyihangiz orqali ketadi va boshqa qo‘ng‘iroqlar kabi hisoblanadi.