Skip to content

Gapi nima? ​

gapi o‘zbek tilidagi suhbat yozuvlarini matnga aylantiradi va ularda nima bo‘lganini aytib beradi: kim gapirdi, nima haqida, qaysi tilda va qanday shaxsiy ma’lumotlar aytildi.

Ishlash tartibi:

  1. Yozuvni yuklaysiz: kabinet orqali yoki API orqali.
  2. Bir necha soniyadan keyin natija tayyor: vaqt, so‘zlovchilar va yoqilgan opsiyalar bilan replikalar bo‘yicha matn.
  3. Natijani kabinetda ko‘rasiz, havola orqali olasiz yoki webhook bilan qabul qilasiz.

Nimalarni biladi ​

ImkoniyatNima beradiTarif
Nutqni tanishHar bir replikaning vaqti bilan matn. O‘zbekcha har qanday yozuv: qo‘ng‘iroq, uchrashuv, intervyu, diktofon; natija lotin yozuvida×1
Atamalar lug‘atiKompaniya, mahsulot nomlari va ismlar nutqda tez-tez tanib olinadi×1
Tinish belgilari, raqamlarMatn yozilgandek o‘qiladi: tinish belgilari, bosh harflar, raqamlar×1
Kim gapiryaptiStereo kanallar bo‘yicha tomonlar yoki monoda ovozlarni ajratish×1
Ovoz jinsi, mijoz va menejerSuhbatdoshlardan kim kim×1
Ovozdan tanishBir odam barcha yozuvlarda bir xil raqam oladi×1
Shaxsiy ma’lumotlarIsmlar, telefonlar, manzillar, hujjatlar topiladi va yashiriladi×1.2

Tarif bu yozuv uzunligiga ko‘paytiruvchi, opsiya uchun to‘lov emas: ×1 li qatorlarning hammasini birdan yoqsa ham, bir soatlik yozuv bir soatligicha qoladi. Faqat «Shaxsiy ma’lumotlar» qimmatlashtiradi.

Har bir opsiya haqida batafsil: Opsiyalar.

Nimadan boshlash ​

  • Tez boshlash: token, birinchi yozuv, besh daqiqada natija.
  • Ssenariylar: qo‘ng‘iroq, yig‘ilish, intervyu uchun tayyor opsiya to‘plamlari.
  • Javob formati: JSON ichida nima bor.
  • API: barcha so‘rovlar, limitlar, webhooklar.

Narxi qancha ​

Birlik bu g: 1 g ×1 tarifda bir daqiqa audioga teng. Pullik opsiyalarsiz bir soatlik yozuv 60 g turadi. «Shaxsiy ma’lumotlar» 20 % qo‘shadi. Beta davrida har bir akkauntning balansi har yarim tunda 240 g gacha, to‘rt soat yozuvgacha to‘ldiriladi. Batafsil: Balans va to‘lov.